Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida 4.12.2023-y. kuni Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasida “Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati” mavzuida seminar-tadbir o‘tkazildi. Tadbirga pedagogika fanlari nomzodi, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Xudayarova Gulshana Berdinazarovna tashrif buyurib, yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlari, jamiyat va shaxs masalalari boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtdi. Shundan so‘ng ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘G‘. Utayev hamda kafedramiz dotsenti A.S. Aslanov so‘zga chiqib, Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat ekanligi, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkorligi hamda “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini gapirib o‘tishdi.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarining mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.