Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 20-noyabrdagi №16-2487-sonli xatiga asosan ijro uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Respublika shtabining joriy yil 20-noyabrdagi 5-sonli yigʻilish bayonining 5-bandini ijrosini taʼminlash maqsadida:

-Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 31 yilligiga bag‘ishlanib “Konstutsiya darslari” o‘tkazildi, bunga barcha professor-o‘qituvchilar jalb qilinib akademiyaning 1 va 2 bosqich talabalariga darslar olib borildi va shu bilan birga akademiyaning Tibbiy profilaktika, BTM, Menejment, Tibbiy biologiya yo‘nalishlari 2 – bosqich talabalariga dars jadvaliga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya” fanidan darslar o‘tib kelinmoqda;

-Talabalar o‘rtasida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagimiz mash’ali” mavzusida ommaviy insho tashkil etildi. Bu tadbir natijasida Mirmuxamatova Zebo 2 davolash 124 gurux 1-o‘rin, Umarova Shaxzoda 1 davolash 107 gurux 2-o‘rin, Abdusalimova Mavluda 1 dav 110 gurux talabasi va Muxammadieva Umida 1 dav 120 gurux talabalari 3- o‘rinlarga munosib deb topildilar;
-Shu bilan bir vaqtda talabalar o‘rtasida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagimiz mash’ali” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi, bunda fahrli 1 o‘rinni Xudoyberdieva Rayxona pediatriya yo‘nalishi 1 kurs 103 gurux, 2 o‘rinni Noralieva Shoxinur 2 son dav 110 gurux, 3 o‘rinni Mardonova Feruza tib prof 1kurs 103 gurux va Abdumalikova Shodiya 1 dav 107 talabalari egalladilar;

-kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdonlari” zakovat o‘yini o‘tkazildi, bu tadbir natijasida “Ziyoliylar” guruhi nomini olgan professor o‘qituvchilar g‘alaba qozondi;
-kafedra professor-o‘qituvchilari boshchiligiga talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda;
– 3 dekabr 2023 yilda TTA majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.