29.05.2023 yil sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasida «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi professor o’qituvchilari hamda Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Keling bir-birimizga mehr ulashaylik» deb nomlangan Hayriya tadbiri, «O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati», Toshkent Shahar bo’limida tashkillashtirildi.Tadbirning asosiy maqsadi-yoshlarni milliy, diniy, insoniylik ruhida tarbiyalash va jajji bolajonlarga hursandchilik ulashishdir. Tadbir so’ngida turli sovg’alar uchun bolajonlar va ularning onalari chuqur minnatdorchilik ishor etdilar