Tabdirni “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan nomli davra suhbatini tarbiyachi pedagog Z.B.Fayziyev ochib berdi.

So’ng davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi g‘oya va asosiy tamoyillarning mazmunini tushuntirish uchun so‘zni Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘.G‘.Utayevga berildi. U 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilinganligini, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilganligini yoritib berdi.

Keyingi navbat Epidemiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Yu.Mustanovga va professor – o‘qituvchilarimizga berildi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish va bayramni kutarinki ruhda o’tkazishda faol qatnashishi har bir kishida katta qiziqish bildirdi.

Davra suhbatini yakunida Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni hisoblanishini TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan kengroq yoritib berildi, bugungi davra suhbati juda qiziqarli va sermazmun o‘tkazilganligini, bunda barchaning mehnati borligi, talabalar doimo Konstitutsiyani a’lo darajada bilishlari lozimligi ta’kidlandi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.