TTA 2-davolash fakulteti 203-guruh talabalari Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Atamuratova F.S. bilan birgalikda Xast Imom machitiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif jarayonida talabalar “Xast Imom”machiti xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan 1950 yildan boshlab «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ishlari», 1960 yillardan boshlab esa «O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» nomli ilmiy maqolalar to‘plami chop etila boshlandi. Ushbu to‘plamlardagi maqolalarda o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, muzeyshunoslik va uning muammolari o‘z aksini topdi.
Machitdagi arxeologiya fondida qazishmalar paytida turli yodgorliklardan topilgan devoriy tasvirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa jihozlar saqlanadi.
Muzey zaxiralarida numizmatikaga oid noyob kolleksiyalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ashyoviy dalil-manba sifatida katta ahamiyatga egadir. Ular orasida eng qadimgi davrlardan hozirga qadar zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar, hukmdorlar muhrlari to‘plangan. Mavjud to‘plamlarning ilmiy tahlili sifatida S.Eshonxonovning «Numizmatika kolleksiyalari», A.Xairovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyidagi muhr va shtamplar kolleksiyasi», V.M.Massonning «Muzeydagi qadimgi so‘g‘d tangalari», G.A.Pugachenkovaning «Muzey kolleksiyasidagi uchta Ahmoniylar tamg‘asi», S.Eshonxonovning «Qo‘qon tangalari katalogi», G‘.Olimovning «Somoniylar va Qoraxoniylar davri tangalari haqida», I.To‘xtaevning «Sharqiy Turkiston tangalari», A.Musakaevaning «G‘arbiy So‘g‘ddagi pul muomalasi (mil. av. IV – m. IV asr)» kabi ilmiy asarlari O‘rta Osiyoda ilk tangalarning zarb qilinishidan boshlab, pul muomalasining rivojlanishi hamda uning tarixiy taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzey faoliyatiga nisbatan yangicha munosabat shakllandi. 1992 yili davlat muzeyi maqomi berilib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi deb atalishi uning tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi. Muzey ilmiy xodimlari, yetakchi olimlar, san’at va madaniyat arboblarining mehnati samarasi natijasida muzeyning yangi ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ekspozitsiyalar tubdan o‘zgartirilib, tarixan aniq, ishonchli-hujjatli va badiiy-ifodali qilib tuzildi. Muzeyda O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya yaratilib, muzey o‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyish etadigan ilmiy maskanga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasining xususiyatlari, eksponatlarga boyligi, ularni eng zamonaviy talablar darajasida namoyish etishi bilan jahonning eng mashhur muzeylari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin. 1876 yildan to bugungi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qilish bilan bir qatorda, mustaqillik davrida yangi tashkil etilgan muzeyning faoliyatini o‘rganish joiz deb topildi. Keyingi qismda Temuriylar tarixi davlat muzeyi mustaqillik bunyodkorligi timsoli sifatida o‘rganiladi.