Toshkent tibbiyot akademiyasi “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida seminar trening Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A.Bobomurotov seminar treningni ishtirokchilarni kun tartibidagi mavzu kelgan mehmonlar va tadbir qatnashchilari bilan tanishtirdi. Tibbiyot akademiyasida ushbu mavzu yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, seminar trening ahamiyati haqida tushuntirish berdi.
So‘zga chiqdi: Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A.Bobomurotov so‘zga chiqib, bugun biz, sizlar bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi yuzasidan yig‘ildik. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasi rahbarlari, hurmatli deputat va senatorlar, vazirlar, hokimlar bilan birga milliy ma’naviyatimiz faollari, madaniyat, adabiyot va san’at sohasi vakillari ham ishtirok etishdi. Barchangizga ayon, yurtimizda Prezident ushbu Kengash raisi hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas’ul etib belgilangan. Nima uchun shunday yo‘l tutdik? Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladir. Albatta, Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun, avvalo, uning mustahkam iqtisodiy, moddiy-texnik asoslarini yaratish kerak. Bugun shu yo‘lda xalqimiz bilan birgalikda amalga oshirayotgan ishlarimizda barchangiz faol ishtirok etmoqdasiz. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda iqtisodiyotni chinakam bozor munosabatlari asosida tashkil etyapmiz. Barcha soha va tarmoqlarda davlat ishtiroki kamaytirilib, xususiy mulk va investitsiyalarga, davlat-xususiy sheriklik tamoyillariga keng yo‘l ochilmoqda. Tadbirkorlar, fermer va klasterlar uchun qulay sharoitlar yaratib beryapmiz. O‘zbekistonda “majburiy mehnat”, “bolalar mehnati”ga butunlay chek qo‘yildi. Davlat buyurtmasi tizimini ham optimal holatga keltiryapmiz. Barcha sohalarga raqamlashtirish, “yashil” va innovatsion texnologiyalar jadal kirib bormoqda. Yurtimizda yangi-yangi zamonaviy sanoat va energetika majmualari, avtomobil va temir yo‘llar, texnopark va IT-parklar, “aqlli” va elektron boshqaruv tizimlari barpo etilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda. Qisqa muddatda maktab, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim, sport va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan qadamlar qo‘ydik. Tibbiyot sohasida ham chuqur islohotlar olib borilayotganligi to‘g‘risidagi Prezidentimizning nutqidagi fikrlarni ishtirokchilarga yetkazdi.

So‘zga chiqdi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professori Juraev Narzulla Kasimovich xamma ishtirokchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Chindan ham mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda hayotimizda manaviyatning o‘rni katta. Bu sohada Jadid bobolarimizning manaviy-ilmiy meroslari juda ham katta. Bizga jadid bobolarimiz kabi G‘arb ilm-fani yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur. Lekin ularni kim tarbiyalaydi? Albatta, o‘zimiz tarix saboqlari, zamon talablari asosida tarbiyalashimiz zarur. Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi o‘rtasida katta qiziqish va e’tibor uyg‘otganidan barchangiz xabardorsiz. Ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi tabiiydir. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir Ana shu ishlarimizni davom ettirish maqsadida Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Milliy mass-mediani qo‘llabquvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Shahidlar xotirasi” jamg‘armasi hamda jamoatchilik vakillarining “Jadid” nomli yangi gazeta va uning elektron versiyasini tashkil etish haqidagi tashabbusini biz albatta qo‘llab-quvvatlaymiz. Siyosiy fanlar doktori, professori Juraev Narzulla Kasimovich o‘zining hayotiy ish faoliyati davridagi ma’naviyat, ma’rifatparvarlik sohasidagi islohotlarni hayotiy misollari bilan ishtirokchilarga gapirib berdi.

So‘zga chiqdi: O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradio kompaniyasi siyosiy sharhlovchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, birinchi darajaliy mehnat faxriysi, YuNESKO Akademigi Karimbekov Kobilbek Tuxtabekovich so‘zga chiqib, ishtirokchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab prfessor-o‘qituvchilarga talaba-yoshlarimizga ta’lim-terbiya berishda charchamasdan, kuch-g‘ayrat tilab o‘tdi.
Mana, bugun ma’naviy-ma’rifiy sohada masala qanday o‘tkir va ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan savollar. Agar biz bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Bu haqda gapirganda, Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etilganini aytish o‘rinlidir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimidagi xodimlar soni ikki karra oshirildi, ularni moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 45 milliard so‘mdan mablag‘ ajratyapmiz. Markaz tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylarda ko‘plab tadbirlar o‘tkazmoqda. Xususan, “Ma’rifat ulashib” va “Kitob karvoni” aksiyalari doirasida 200 mingga yaqin nomdagi kitoblar aholiga bepul tarqatildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 11 mingdan ortiq media mahsulotlari tayyorlandi. Milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha ham katta ishlarni amalga oshirdik. Ayniqsa, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilganimiz, 15 aprel canasini Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilaganimiz soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy an’analarimizni asrab-avaylash va boyitish maqsadida Maqom, Baxshichilik va Askiya san’ati markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan davrda 11 ta yangi muzey, 2 ta teatr, 28 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 5 ta oliygoh, jumladan, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlash maqsadida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. Shu o‘rinda muhim bir raqamga e’tibor berishingizni so‘rayman. Madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017 yilga nisbatan 5 karra oshib borganligi ta’kidlab o‘tdi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.