Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A.Bobomurotov so‘zga chiqib, bugun biz, sizlar bilan 023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, «Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalariga alohida e’tibor qaratdi.
So‘zga chiqdi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i Gazieva Umida Abdurasulovna so‘zga chiqib, ishtirokchilarni Skrining tekshiruvlaridan tortib qishloq shifokori dasturining afzalliklari, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi modeli haqida gapirildi. Aholiga sifatli universal patronaj xizmati ko‘rsatish, tibbiy sug‘urta masalasidagi qulayliklarning inson va uning farovon hayoti uchun degan tamoillardan kelib chiqqanligi mohiyati ochib berildi.
So‘zga chiqdi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abduraxmonova Nodiraxon Xusnitdinovna so‘zga chiqib Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Natijada tibbiyotning barcha bo‘g‘inida birlamchi tibbiy sanitariya yordamidan tortib, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatgacha, xususiy tibbiyot tizimida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, ularda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari ko‘paydi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tarmoqlari hududlar, tuman-shaharlargacha yetib bordi, kadrlar bilan ta’minlash va ularning malakasini oshirishga e’tibor kuchaydi. Sohada salakali kadrlarni tayyorlash borasida ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Xususan, yurtimizda oliy tibbiy ta’lim muassasalari soni 11 taga yetdi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etildi.