22 dekabrь kuni 1 son davolash fakulьteti 101 guruh talabalari bilan “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikning demokratik printsiplari” mavzusida o‘quv-ma’rifiy seminar o‘tkazildi. O‘quv-ma’rifiy seminarda talabalar mavzu doirasida o‘zlari tayyorlab kelgan ma’ruzalarini o‘qishdi, ko‘rgazmali chiqishlar qilishdi. Seminar reglamentida foto suratlar chizishdi va o‘zaro fikr almashishdi.
Millatarototuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tushunchasining mazmun mohiyati tarixiy va zamonaviy aspektida ochib berildi. Xuddi shunday mazmundagi o‘quv-ma’rifiy seminar 23 dekabrь kuni 101 guruh pediatriya yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazildi. Seminar davomida barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Seminar qiziqarli o‘tkazildi.