Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, «Yangi O’zbekiston», «Inson qadri» uchun tamoyillari yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga
Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yi cha dekan muovini N.X.Abdurahmonova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori D.T.Norqulov, kafedra dosenti Atamuratova F.S. katta oqituvchi Umarova F.S. va Oqituvchi Gulyamova A.N. tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.