Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, «Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash», «Uchinchi Renessans» Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasi yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga
Ijtimoiy fanlar kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari, kafedra mudiri Norqulov S.D., professorlar; Abilov U.M. va Norqulov D.T., dotsentlar; Alimova S.G. Atamuratova F.S. Niyozova N.Sh. Iskandarov Sh.A., katta o‘qituvchilar; Sultonova X.T., t.f.n.Umarova F.S., Abduraxmanova N.X., Utayev G.G., oʻqituvchilar; Maxmudov L.Yu., Roʻziev B.U., Roʻziev N.I., Gʻulomova A.N. lar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.