Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi jamoasi 30-mart kuni «O’zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi»ga tashrif buyurdi.
Ushbu maskan nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan noyob ekspozitsiyalar, boy ma’naviy meros va mamlakatimizning boy tarixini yangi nuqtai nazardan anglash imkonini beradigan aql-tafakkur markazi ekanligi xodimlarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Ayniqsa markazning asosiy qismi zamonaviy texnologiyalar va vizual taqdimotlar bilan boyitilgan muqaddas Qur’on zalida dunyodagi eng qadimiy oltita Qur’oni karimdan biri bo‘lgan mo‘’tabar «Usmon Mushafi» joylashtirilgan zalidagi (mepping shou) namoyishi professor-o’qituvchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.

One Thought to “ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI – TARIX VA MA’RIFAT TIMSOLI”

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.