Ижтимоий фанлар кафедраси таркиби

Норқулов Сухроб Дўстмуродович

Narkulov Suxrob Dusmuratovich – 1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetini tugatgan. 2006-2010 yillar Toshkent tibbiyot akademiya ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, 2010-2014 yillar katta o‘qituvchi, 2011-2014 yillar Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti o‘quv ishlari dekan muovini, 2015-2016 yillar Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani, 2016-yil 2-sentyabrdan hozirgi kungacha Toshkent tibbiyot akademiya ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. Falsafa fanlari doktori, professor. 2011-yil 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbekiston jamiyati ijtimoiy-ma’naviy rivojlanishida falsafiy ongning o‘rni» mavzusida nomzodlik, 2018-yil «Mustaqillik davrida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy-gumanitarnыy fanlar ilmiy-uslubiy kengash raisi, akademiya ijtimoiy-gumanitar fanlar muammolar xay’ati a’zosi. 4 ta monografiya. 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 2025-yil 2-sentyabrdan hozirgi kungacha Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri.

Abilov Urol Murodovich – Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori. 1950 -yil 29-sentyabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1976 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) ni Falsafa fakultetini (kunduzgi) bitirgan.

Mehnat faoliyati; 1976-yildan to hozirgi kungacha Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi dotsent, professor va kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.

Ilmiy faoliyati; 200 ga yaqin mahalliy va Respublika miqiyosida maqolalar, 80 dan ziyod xalqaro maqolalar hamda Milliy g‘oya dinshunoslik va falsafa fanlaridan 20 dan ziyod monografiya va darsliklar, 30 yaqin o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qullanmalar hammuallifi.  Hozirgi kunda kafedra yosh pedagog o‘qituvchi xodimlarga ustoz va shogird  an’anasida ilmiy ishlar ustida ish olib bormoqda.

 Norqulov Dusmurat Tashpulatovich  – Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori.  1952 yil 21-avgustda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan.  1974-yilda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetini kunduzgi  shaklida tugatgan. 1974-1983-yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qituvchisi lavozimida o‘z ish faoliyatini boshlagan.  2005-2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025 yil sentyabr oyidan kafedra professori sifatida yosh kadrlarga ustoz shogird tizimi asosida rahbarlik qilmoqda.

Professor 160 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 8 ta monografiya va 20 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.  Hozirgi kunda  kafedra professori bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.

 


Ниёзова Нилуфар Шомуратовна

ф.ф.н., ToshDavTU ижтимоий фанлар кафедраси катта ўқитувчиси. 1974 йил 27 январда Самарқанд вилоятида туғилган. Ниёзова Нилуфар Шомуратовна Ўзбекистон Миллий Университетанинг тарих факультетини тамомлаган. 2011 г. илда «Мариит назарияси ва тарихи» ихтисослиги бўйича «Гигиеник мадайнинг шаклланиш ва ривожланиш хусусиятлари» мавзусида номзодлик десемосини ҳимоя қилган. Ўз илмий иши доирасида бугунга қадар 40 дан ортиқ илмий мақолалар ва тезислар чоп эттирди, кафедрадаги фанлар бўйича ўқув-методик қўлланмалар, ўқув мажмуалар, кейслар тайёрлади. Ҳозирда ОМҲ факультети коллеж ва лицейлар ҳамкорлик ишлари бўйича масъул.

 


 

Алимова Сабохат Ғозиевна  и.ф.н., ToshDavTU ижтимоий фанлар кафедраси доценти. 1971 йил 7 октябрда Тошкент шахрида туғилган. Алимова Сабохат Ғозиевна 1993 йилда Тошкент Автомобиль-йўрр институтининг иқтисодиёт ва бошқарув факультетини тамомлаган. 2012 йилда 08.00.03 – Индустриал тармоқлар иқтисодиёти ихтисослиги бўйича «Совершенствование системы международных грузоперевозок автомобильным транспортом» (на примере гак мап «урта осиё транс») мавзусида номзодлик диссертациясини ёқлаган. Ўз илмий иши доирасида бугунга қадар 30 дан ортиқ илмий мақолалар ва тезислар чоп эттирди, кафедрадаги фанлар бўйича ўқув-методик қўлланмалар, ўқув мажмуалар, кейслар тайёрлади. Ҳозирда Ижтимоий фанлар кафедраси йиғилишида котибалик вазифасини олиб бормоқда.ОМХ факультетида декан муовини вазифасини бажариб келмоқда.

 

 


 Абдурахманова Нодирахон Хуснутдиновна

1980 йил 18 августда Тошкент шахрида туғилган. Абдурахманова Нодирахон Хуснутдиновна 2003 йил Ўзбекистон Миллий университетининг хуқуқшунослик факультетини тамомлаган. 2012 йил «Ахборот асри шароитида Ўзбекистан Республика Республика Молдова» Мавзусида номзодлик диссертациясини ёқлаган. Ўз илмийй фаолияти доирасида 1 та монография, 30 дан ортиқ илмий мақолалар ва тезислар муаллифи. Кафедра фанлар бўйича ўқув методик қўлланмалар, ўқув мажмуалар, таълим технологиялари тайёрлаган. Хозирда Тошкент Тиббиёт академиясининг Олий Мажюмотли факультетнг маънавий маърифий ишлар бўйича декан ўринбосари вазифасида ишлаб келмоқда.



Атамуратова Феруза Садуллаевна
 – ф.ф.н., ToshDavTU ижтимоий фанлар кафедраси доценти. 1974 йил 31 октябрда Тошкент шахрида туғилган. Атамуратова Феруза Садуллаевна 1996 йилда Тошкент Давлат Университетанинг тарих факультетини тамомлаган. 2010 йилда «Ижтимоий фалсафа» ихтисослиги бўйича «Мустақиллик шароитида ўзбек менталитетида этномаданий жараёнлар» мавзусида номзодлик десемосини ёқлаган. Ўз илмий иши доирасида бугунга қадар 40 дан ортиқ илмий мақолалар ва тезислар чоп эттирди, кафедрадаги фанлар бўйича ўқув-методик қўлланмалар, ўқув мажмуалар, кейслар тайёрлади. Ҳозирда ижтимоий-гуманитарный фанлар бўйича МУҲда котибалик вазифасини бажармоқда. Кафедрада илмий ишларга масъул.


 

 

1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetini tugatgan. 2008-2016 yillar Toshkent tibbiyot akademiya ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, 2016-2019 yillar pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi, 2019-2024 yillar ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-2025-yillar  Toshkent tibbiyot akademiya ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2022-yil 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» ixtisosligi bo‘yicha «Modernizatsiya va o‘zbek etnotafakkuridagi yangilanish jarayonlari» mavzusida PhD dissertatsiyasini yoqlagan. 2 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 2025-yildan Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

Ruziyev Bobosher Usarovich– Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 1982-yil 12 aprelda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2003-yil Qarshi Davlat Universitetining tarix fakulteti “ tarix” yo‘nalishini tugatgan.  2006 yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakultetini “O’zbekiston tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Ilmiy faoliyati; 40 ga yaqin mahalliy va Respublika miqiyosida maqolalar, 10 dan ziyod xalqaro maqolalarni muallifi.  B.U. Ruziyev hammualliflikda “Milliy g‘oya” fani bo‘yicha 1 ta o‘quv qo‘llanma, shuningdek “O’zbekiston tarixi” va “Ma’naviat asoslari” fani bo’yicha bir necha o‘quv-uslubiy qo’llanmalarning muallifi hisoblanadi.  Xozirgi kunda 09.00.04- «Ijtimoiy falsafa» ixtisosligi bo‘yicha “Milliy ma’naviyatni internet tajovuzlaridan himoya qilish omillari” mavzusida doktorlik (Phd) dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

 


 

Iskandarov Sherzod Abdug‘anievich  Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsent. 1985 yil 13 dekabrda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan. 2004-2008 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining «Tarix» fakultet bakalavr bosqichi, 2008-2010 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Tarix» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2011-2012 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2013 yillardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan. 2014 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2014 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Gumanitar fanlar” kafedrasiga ishga qabul qilingan. 2015 yil Toshkent Tibbiyot universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan. Shu jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy Kengash kotibi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Doktorlik dissertatsiyasini 2019 yilning 20 dekabr sanasi kuni tarix fanlar bo‘yicha falsafa fanlar doktori ilmiy darajasi berildi. Shuningdek, 2023 yil Oliy attestatsiya komissiyasi tomondan dotsent ilmiy unvoni olgan.

Nazariy amaliy pedagogik mahoratini oshirish maqsadida kafedradagi professor, dotsentlarning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning o‘quv, uslubiy tashkiliy, tarbiyaviy va ilmiy hayotida faol qatnashaman. Mamlakatimiz miqyosida Sog‘liqni saqlash sohasida kechayotgan tub islohotlarni hayotga tadbiq qilishda faoldir. Hozirgi kunda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifidir.

 

Utaev G‘ayrat G‘aybullaevich  – Toshkent davla tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1978 yil 05-avgustda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2006 yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Falsafa fakultetining “Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishini tugatgan.  2008 yil O‘zMU Falsafa fakulteti  “Fan falsafasi va metodologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. “Milliy g‘oya” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qullanmalar hammuallifi. Qirqdan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Xozirgi kunda 09.00.04- «Ijtimoiy falsafa» ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq yoshlari hayot tarzi va tafakkuridagi o‘zgarishlarning innovatsion xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul.

 

 

1975 yil Toshkent shahrida  ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1997  yilda Toshkent Davlat universiteti tarix fakultetining  tamomlagan. 2001-2019 yillarda Olmazor Politexnika kasb hunar kollejida o’qituvchi 2020 yil sentyabridan  Toshkent tibbiyot akademiyasida, ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Gulyamova A.N o‘n sakkizta mahalliy,  o’n uchta chet el jurnallarida, o’nta xalqaro konferensiyalarda o‘zining ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilgan. 2025 yil sentyabridan  boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Sultanova Xalida Tursunmuratovna  – Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.

1955-yil 12-noyabrda Toshkent shag‘rida to‘g‘ilgan. 1978-yil Toshkent davlat Universiteti (hozirgi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) Tarix fakultetinini siyosiy iqtisod yo‘nalishini tugatgan.  1995 yildan 2025-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlab kelgan. 80 ga yaqin mahalliy va Respublika miqiyosida maqolalar, 50 dan ziyod xalqaro maqolalar hamda “Soliq va soliqqa tortish”, “Iqtisodiyot nazariyasi” va fani bo‘yicha monografiya, 20 yaqin o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qullanmalar hammuallifi.  Xozirgi kunda «O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 2025-yildan Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Ro‘ziev Navruz Ixtiyor o‘g‘li – 1992-yil Qarshi shahrida tug’ilgan. 2010-2014 yy. – Qarshi davlat universiteti talabasi 2014-2016 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti magistranti. 2016-2017 yy. – Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 118-maktab o‘qituvchisi. 2017-2018 yy. – Qarshi shahar hokimligi kotib – referenti. 2018-2019 yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 2019-2020 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univrsiteti ma’naviyat va ma’rifat hamda yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi. 2020-2025 yy. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. Mustaqil tatqiqotchi sifatida “VII-XI asrlarga oid, qadimgi Turkiy tilli yozma manbalarida  turkiy xalqlar  tabobati tarixining aks etishi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi 4 ta telekursatuvlardagi chiqishlari. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Hozirgi kunda Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

Shakarov Bobur Xusniddinovich  – Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 1989-yil 15-iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2015-yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishini tugatgan.  2021 yil O‘zMU Falsafa fakulteti  “Falsafa” (qo‘llash sohasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. “Dinshunoslik” va “Falsafa” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar hammuallifi. O‘ttizdan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Hozirgi kunda “Axborotlashgan jamiyatda qadr va qadrsizlanishning falsafiy tahlili” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

 

Botirov Sarvar Bahrom o‘g‘li  – Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 1995-yil 3-oktabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2019-yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar)” yo‘nalishini tugatgan.  2021-yil O‘zMU Tarix fakulteti  “Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalar hammuallifi. O‘ndan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Hozirgi kunda 07.00.07- «Etnografiya, etnologiya va antropologiya» ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston eroniylari etnomadaniy identikligining shakllanishi va rivojlanishi transformatsiyasi” mavzusida tarix fanlari falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

 

Begimqulova    Gulhayo   Baxtiyorovna   Toshkent davlat tibbiyot universiteti  ijtimoiy     fanlar kafedrasi   o’qituvchisi.   1989  yil  9  sentabrda     Qashqadaryo viloyatining   G’uzor   tumanida  tug’ilgan.  2008 yil Qarshi Bank  Kollejining       “Bani  Ishi”     yo’nalishini,      2013   yil     Qarshi Muhandislik     Iqtisodiyot     Institutining     “Kasbiy       Ta’limi Iqtisodiyot  fakultetini,   2021  yil  Qarshi  Muhandislik Iqtisodiyot Institutining  “Iqtisodiyot” yo’nalishini tugatgan. 15 dan ortiq ilmiy maqolalar   va tezislar muallifi.   Xozirgi kunda 080001 – “Demografiya.  Mehnat Iqtisodiyoti” ixtisosligi bo’yicha “Aholi farovonligini  oshirishda aholini ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni  kamaytirish muammolari”  mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Xudoyberdiyev Rashid Zokir ogli  – Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1994-yil 24-sentabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2018- yil M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakultetining “Arxeologiya” yo‘nalishini tugatgan.  2021 yil O‘zMU Falsafa fakulteti  “Tarix” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. “O‘zbekistoning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qullanmalar hammuallifi. O‘ndan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Xozirgi kunda 07.00.07- «Etnografiya,etnologiya va antropologiya» ixtisosligi bo‘yicha “Janubiy o‘zbekiston saroylari: tarixiy-etnologik tadqiqot” (Qashqadaryo misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

 

Shodiqulov Eldor Sherzodovich – ToshDavTU ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi. 1999-yil 14-oktabrda Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug‘ilgan. 2021-yil Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tarix fakultetining “Tarix o`qitish metodikasi” yo‘nalishini tugatgan. 2023-yil O‘zMU Tarix fakulteti “Tarix” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. “Tarix” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv uslubiy qullanmalar hammuallifi. Yigirmadan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi. Hozirgi kunda 07.00.07- «Etnografiya, etnologiya va antropologiya» ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistondagi qozoqlarini etnomadaniy identikligining shakllanishi va transformatsiyasi (Navoiy viloyati misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

 

Muxamedova Zamira Maxamadjanovna 1947-yil 28-oktabrda Farg‘ona shahrida, xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.

1970-yilda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini tamomlagan hamda Farg‘ona politexnika institutida kimyo fanidan dars bergan. 1972-yilda Moskva shahridagi Rossiya Fanlar akademiyasi Falsafa institutida stajyor-tadqiqotchi, aspirant sifatida faoliyat olib borgan.

1978-yilda “Texnika va biosferaning o‘zaro ta’siri muammosi (metodologik tahlil)” mavzusida 09.00.08 — tabiiy fanlarning falsafiy muammolari mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy rahbari — falsafa fanlari doktori, professor I. B. Novik.

“O‘zbekiston Respublikasida ta’limni gumanizatsiyalashning falsafiy-metodologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mutaxassisligi — 09.00.11 — ijtimoiy falsafa.
Ilmiy maslahatchisi — falsafa fanlari doktori, professor K. N. Nazarov (2007-yil aprel, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti).

1986–2005-yillarda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutida katta o‘qituvchi, 1993-yildan dotsent lavozimida ishlagan. Institutlar birlashtirilgandan so‘ng 2005–2014-yillarda shu kafedrada faoliyatini davom ettirgan. 2014-yilda Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil etilgach, hozirgi kungacha professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda (professor ilmiy unvoni — 2017-yildan). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy etika qo‘mitasi a’zosi (2004-yildan); ta’limda bioetika yo‘nalishi bo‘yicha YuNESKOning GEOBS loyihasi xalqaro eksperti (2005-yildan); Eron (2006-yildan) va Qozog‘iston (2007-yildan) bioetika assotsiatsiyalarining faxriy a’zosi; Rossiya Falsafiy jamiyatining O‘zbekistondagi bo‘limi raisi va a’zosi (2006-yildan); Markaziy Osiyo bioetika assotsiatsiyasi a’zosi (2011-yil oktabr); O‘zbekiston shifokorlari assotsiatsiyasi bioetika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari (2013-yil iyundan). 2005-yilda akademik M. S. Abdullaxodjaeva rahbarligida O‘zbekistonda o‘tkazilgan I Milliy bioetika kongressida O‘zbekiston Respublikasi tadqiqotchisining axloq kodeksini ishlab chiqish, tashkil etish va joriy etishda ishtirok etgan. Toshkent, Tehron, Tsyurix, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Qozon, Saratov, Olmaota, Astana, Dushanbe, Tomsk va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan falsafa va bioetika ta’limiga oid ko‘plab xalqaro kongresslar, konferensiyalar, seminarlar va treninglar ishtirokchisi.

Davlat mukofotlari: samarali pedagogik, jamoatchilik va ijodiy faoliyati uchun 2018 va 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan; 2023-yilda “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Grantlar:
— Markaziy Osiyo o‘qituvchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasining (CASSA) “Fuqarolik ta’limi” granti — 2002-yil;
— IIOFS №104111 AAA — “O‘quv dasturlarini ishlab chiqish” (2001–2002);
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnik rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Fan va texnologiyalar markazining GKNTP-3-27 (2003–2005) va GKNTP-A-3001 (2006–2009) grantlari.

300 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy jurnallardagi maqolalar, ma’ruza matnlari muallifi, shuningdek Scopus va Web of Science ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda ilmiy ishlar natijalari e’lon qilingani uchun sertifikatlarga ega. 5 ta monografiya, 10 dan ortiq darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 20 dan ortiq fan dasturlari muallifi. “Gumanitar traktat” (Rossiya), “Falsafa va hayot”, “Meditsina va innovatsiyalar” jurnallari tahririy hay’ati a’zosi.

 

Xudoybergenova Patma Toshpolatovna 1964-yil Qozog‘iston Respublikasida tug‘ilgan.

1982-1983 yy. –Chimkent viloyati Turkiston shahar  temir beton – korxonasi  ishchisi

1983-1988 yy. –Toshkent davlat universiteti talabasi

1988-2005 yy. –Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar”  kafedrasi katta o‘qituvchisi

2005-2011 yy. –Toshkent tibbiyot akademiyasi “ 2-son ijtimoiy-gumanitar fanlar”kafedrasi katta o‘qituvchisi

2011-2014 yy. –Toshkent tibbiyot akademiyasi“ 2-son ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti,stomatologiya fakulteti dekani muovini

2014 y. –  h.v.– Toshkent davlat stomatologiya instituti  “Ijtimoiy fanlar ”kafedrasi dotsenti, o‘rindoshlik asosida bolalar stomatologiyasi fakulteti dekan muovini

2023 y – Toshkent davlat stomatologiya instituti  bolalar stomatologiyasi fakulteti dekan muovini o‘rindoshlik asosida “Ijtimoiy fanlar ”kafedrasi dotsenti,

2025 й.- Toshkent davlat stomatologiya instituti   Ilmiy tadkikotlar inovatsiyalar  va pedagogik kadrlar tayyorlash boshligi

Hozirgi kunda Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti. 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv uslubiy ko‘rsatma, 150 ta maqola va tezislar muallifi.

2017 yil «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiining 25 yilligi» esdalik nishoni, 2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Vazirligi tomonidan  “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Sattorova Dildor G‘apparovna 1966-yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.

1984-1989 yy. -Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

1989-1996 yy.-Surxondaryo viloyati,Sariosiyo tumani alisher navoiy nomli 1-o‘rta maktabning

tarix o‘qituvchisi

1996-2004 yy.- Toshkent shahri Xamza tumani 5-sonli biznes maktabi o‘qituvchisi

2004-2005 yy.- Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti  ijtimoiy-gumanitar fanlar

kafedrasi o‘qituvchisi

2005-2014 yy.-Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son ijtimoiy  fanlar kafedrasi katta

o‘qituvchisi

2014 y. –  2015-Toshkent davlat stomatologiya instituti  ijtimoiy  fanlar  kafedrasi  katta

o‘qituvchisi

2015 y. – Toshkent davlat stomatologiya instituti  ijtimoiy fanlar  kafedrasi  dotsenti

2016 y.-  h.v.- Toshkent davlat stomatologiya instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

2022 yil 1 dekabrdan  xozirgacha Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan  kafedrasi dotsenti

2025 yy. – h.v. – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi  dotsenti.

3 ta mongrafiya, 3 ta darslik, 10 ta o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, 300 ga yaqin maqola va tezislar muallifi.

 

Умирзакова Наргиза Акмаловна 1987 йил Тошкент Давлат Университетининг Фалсафа иқтисод факультетига ўқишга кирган ва 1992 йил «имтиёзли» диплом билан битирган. (ФВ №995117).Шу йили 1992 йилда ТошДУ “Фалсафа кафедраси”га ассистент лавозимига ишга кирган. 2004 йил бошлаб 1-ТошДАВТИ “Фалсафа ва Ўзбекистон тарихи кафедраси”га катта ўқитувчи лавозимига ишга қабул қилинган. 2005 йилдан Тошкент Тиббиёт Академияси 2-сонли ижтимоий  фанлар кафедраси катта ўкитувчиси ва Тошкент давлат  стоматология институти ташкил этилгандан, яъни 2014 йилдан бери Ижтимоий фанлар кафедраси катта ўқитувчиси лавозимида ишлаб келди. Олий ўқув юртидаги фаолияти давомида ўзини талабчан, масъулиятли, камтар инсон сифатида намоён қилгани, кўп йиллик самарали ва ҳалол меҳнати ҳамда ўз хизмат вазифасига юксак масъулияти учун кафедра жамоаси таклифига асосланиб, ТДСИ кенгаши 2022 йил 5 декабрдан ТДСИ “Ижтимоий фанлар биоэтика курси билан” кафедраси мудири лавозимига ўтказди (Буйруқ  № 676. 05.12.2022 й.). Тошкент давлат тиббиёт университети ташкил этилганлиги муносабати билан 2025 йил август ойидан бошлаб шу кафедра доценти лавозимида ишини давом эттирмоқда.

Умирзакова Наргиза Акмаловна фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини 2022 йил 19 майда Ўзбекистон Миллий Университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc 03/30.12.2019.F.01.05 рақамли Илмий кенгашида “Таълимни инсонпарварлаштириш контекстида биоэтиканинг онтологик ва гносеологик жиҳатларининг методологик таҳлили” мавзусида 09.00.01. – Онтология, гносеология ва мантиқ ихтисослиги бўйича ҳимоя қилган.

Шу вақт ичида Н.А.Умирзакова ўз ишига лаёқатли муттахасис сифатида ўзини намоён эта олди ва 05.09.2022 йил Умирзакова Н.А.ТДСИ “Ижтимоий фанлар биоэтика курси билан” кафедраси доценти лавозимига ўтказилди (ТДСИ 05.09.2022 йил № 457-сон буйруқ). Ўзбекистон Республикаси ОАК 2024 йил 6 апрель 353/1 сон баённомасига кўра, 03 № 015409 қарори билан “Онтология, гносеология ва мантиқ” ихтисослиги бўйича илмий унвонида тасдиқлади (қайднома 7877).

Умирзакова Наргиза Акмаловнанинг жами 345 илмий иши эълон қилинган бўлиб, улардан Умирзакова Наргиза Акмаловна томонидан жами 345 та илмий иш чоп этилган. Шулардан сўнги йилларда 3-та дарслик, 4-та ДГУ, 1-та БГУ дастур, 1-та электрон дарслик, 5-та монография, 6-та ўқув қўлланма, 18 та Ўзбекистон Республикаси ОАК тасарруфидаги журналларда, 38-та хорижий журналларда мақолалар, 61-та халқаро конференцияларда маъруза тезислари эълон қилинган.

Умирзакова Наргиза Акмаловна Ижтимоий фанлар доценти сифатида кафедранинг ўқув, ўқув-услубий, илмий, “устоз-шогирд” ва маънавий-маърифий ишларини олиб боришда ҳамда институт рейтингини кўтаришга салмоқли хисса қўшиб келмоқда.

Yuldasheva Lola Sagdullaevna – 01.06.1962y.  Тоshkent shahrida tug’ilgan. 1979-1980yy Toshkent Davlat universitetining FIF falsafa bo’limini tugatgan. 1985-1992 yy ToshDU aspiranti. 1998-2005yy. P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent shahar tibbiyot koleji Ijtimoiy fanlar kafedrasining o’qituvchisi.  2005-2011yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi, 2011-2018yy O’zDJTU ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, 2018-2022yy TSHFI dotsenti, 2022y-h.v.qadar Toshkent Davlat Stomatologiya instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasining dotsenti lavozimlarida ishlagan.

2010y. I.Mo’minov nomidagi FA Falsafa va Huquq institutida “Abu Rayhon Beruniny dunyoqarashida hind falsafiy muammolar talqini” (09.00.03-falsafa tarixi) ixtissossligi bo’yicha falsafa fanlari nomzodi (PhD) himoya qilgan. Pedagogik faoliyati davomida Hindistonda(2008y), Qozog’istonda (2018y), malaka oshirishgan; 200dan ortiq ilmiy maqolqlqr, bir nechta o’quv  va o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi. Respublika va xalqaro miqiyosidagi (Samarqand, Qozog’iston) shaharlarida  o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarida dokladlari bilan ishtirok etgan. Yuldasheva Lola Sagdullaevna Toshkent davlat Tibbiyot universitetining ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-ma’rifiy, ustoz-shogird tadbirlarida faol ishtirok etib, Ijtimoiy fanlar kafedrasining ilmiy salohiyati, xalqaro reytingini ko’tarishda salmoqli hissa qo’shib kelmoqda.

Аbdullaxodjaev Gayrat Talipovich 1952 yilda Surxandare viloyati Uzun tumanida tugʼilgan.

1974-1975 yy.- Buxoro shahar “Oʼzbekgazprom” ishlab chiqarish birlashmasi aloqa boʼlimi muhandisi

1975–1976 yy.- Samarqand viloyat aloqa boshqarmasi laboratoriya bosh muhandisi

1976-1981 yy.- Samarqand viloyati “Oʼzbekaloqaqurilish -2” tresti texnik boʼlim boshligʼi oʼrinbosari

1981-1985 yy.- Qashqadaryo viloyati “Oʼzbekaloqaqurilish -3” tresti bosh muhandisi

1985-2006 yy.-Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligida oʼrta va katta rahbarlik lavozimlarida ishlagan

2006 -2006 y. Ichki ishlar idoralari xizmatidan Polkovnik unvoni bilan zaxiraga yuborilgan

2007- 2009 yy. DАJ «Аvtoyoʼl» boʼlinmalarida yurist (shartnoma asosida)

2009 –2011yy. Milliy rassomlik institutining “Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi dotsenti (oʼrindosh asosida )

2011 y.-2024yy. Milliy rassomlik institutining “Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi dotsenti

2024y- 2025y Toshkent Davlat Stomatologiya instituti “Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan”kafedra dotsenti

2025y- x.v ToshkentDavlat Tibbiyot Universiteti“Ijtimoiy fanlar”kafedra dotsenti

G.Аbdullaxodjaev 2004 yilda 12.00.08 – Kriminologiya, jinoyat huquqi; jinoyat ijroiy huquqi ixtisosligi boʼyicha “Preduprejdenie kraj i moshennichestva: viktimologicheskie aspektы” (Oʼgʼirlik va fribgarlikning oldini olish: viktimologik aspektlari) mavzusida yuridik fanlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

. Ushbu yoʼnalishda boʼlgan ilmiy ishlar soni 74 ga yaqin, shuningdek 2 ta monografiya, 2 ta oʼquv qoʼllanma, 3 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanmal muallifi. Bundan tashqari u 2ta Itellektual mulk agentligi guvoxnomasi va 1 ta patent olgan, 1ta grant ishtirokchisi.

2024-yil OАK tomonidan dotsent ilmiy unvoni berilgan.

 

Saydullayev G‘ulamjon Avzarovich – 06.10.1983 y. Qozog‘iston respublikasida tug‘ilgan.

2000–2004 yy. – Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.

2007–2009 yy. – Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti.

2006–2009 yy. – Mashinasozlik KXK bo’lim boshlig’i.

2009-2017 yy. -Toshkent turizm va biznes KXK o’qituvchi.

2017-2018 yy. -Qo’yliq maishiy xizmat KXK o’qituvchi .

2018 – 2022 -Mirobod tumani 294-maktab o’qituvchi.

2022- 2024 – Toshkent davlat pedagogika universiteti  “ О‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi.

2024-2025 yy. –  Toshkent davlat stomatologiya instituti “Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan”  kafedrasi assistenti.

2025 yy. – h.v. – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi  o’qituvchisi. Mustaqil tatqiqotchi sifatida “Историческая география Центральной Азии первой половины XVIII века по данным греческого путешественника Василиоса Вататзиса” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Allaberganov Azizbek Saparboevich-18.05.1985 y. Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida tug’ilgan

2004–2008 yy. – Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi

2008–2010 yy. – Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti

2012–2016 yy. – “Muslima Aziz savdo” MCHJ korxonasi rahbari

2016–2018 yy. – Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji kuriklash bo‘limi rahbari

2018–2019 yy. – Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji mexanigi

2019–2020 yy. – “Tred max” MCHJ korxonasi rahbari

2021–2024 yy. –  Toshkent davlat stomatologiya instituti assistenti

2024 – 2025 yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti katta o’qituvchisi

2025 yy. – h.v. – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi  katta o’qituvchisi. Mustaqil tatqiqotchi sifatida “xiva xonligining chor rossiyasi tomonidan bosib olinishi ,yangicha qarash va talqinlar” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.