🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar o‘rtasida ♟️ “Shaxmat va shashka” o‘yinlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏫👩🎓 Tadbir ziyoli va salohiyatli pedagoglar hamda talabalar ishtirokida o‘tkazilib, ushbu intellektual o‘yinlarni keng ommalashtirish maqsadida doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
📜 Tarixiy manbalarga ko‘ra, shaxmat o‘yini Markaziy Osiyo hududida qadimdan rivojlangan bo‘lib, inson tafakkuri va strategik fikrlashni shakllantirishda muhim o‘rin tutgan. Ayniqsa, Amir Temur davlatchiligi davrida ♟️ shaxmat yuksak qadrlangan. Sohibqiron saroyida bu o‘yin nafaqat hordiq chiqarish, balki harbiy strategiya va siyosiy tafakkurni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilgan ⚔️.
✨ Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va milliy-madaniy merosni asrashga xizmat qiladi.











