📅 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan aprel o‘quv oyligi doirasida
👩⚕️👨⚕️ Tibbiy profilaktika, Davolash ishi va OMH yo‘nalishi talabalari ishtirokida
📍 G‘alaba bog‘i ga tashrif tashkil etildi.
📚 Tashrif doirasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🎯 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
✨ Yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash
🕊 Ajdodlarimizning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi mardlik va jasoratini keng yoritish
🇺🇿 Talabalarda vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish
🏛 Tashrif davomida talabalar:
🔹 Bog‘ hududidagi yodgorlik majmualari
🗿 Ramziy haykallar
📜 Tarixiy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
📖 Ularga urush yillarida o‘zbek xalqining front va front ortidagi mehnati,
👩⚕️ shifokorlar va hamshiralar jasorati,
❤️ insonparvarlik va sabr-toqat namunalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
💉 Ayniqsa, tibbiyot sohasi vakillarining urush davridagi fidokorona xizmatlari talabalarda kasbga sadoqat va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirdi.
💬 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tarixiy bilimlarini boyitdilar hamda o‘tmish saboqlaridan muhim xulosalar chiqardilar.
🕯 Tashrif yakunida urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
🌟 Mazkur ma’rifiy tadbir talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
















