📅 2026-yil 9-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti akademik litsey anjumanlar zalida Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan
🎉 “Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi” ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔷 Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomuratov ochib berdi.
🎓 Tadbirda ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ahrorbek A’zamjonovich Azizov ishtirok etib,
📖 “Amir Temur – o‘zbek milliyatchiligi asoschisi” mavzusida mazmunli seminar o‘tkazdi.
🎭 Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy qism namoyish etildi:
✨ “Amir Temur saroyi” sahna ko‘rinishi
🎶 Kuy-qo‘shiqlar
📜 She’rlar
🏛 Badiiy qismni tashkil etishda universitet Madaniyat uyi yaqindan ko‘maklashdi.
👩⚕️👨⚕️ Tadbirda 1-son davolash fakulteti 109-guruh talabalari hamda tyutorlar faol ishtirok etdilar.
🏅 Ma’ruzachilarga “Faol ishtiroki uchun” maxsus sertifikatlar topshirildi.
🌟 Tadbir yuqori saviyada, sermazmun va ruhlantiruvchi tarzda o‘tdi.




















