1992 yil 8-dekabr kuni navbatdan tashqari XII chaqiriq XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilingan.
Bundan o‘ttiz uch yil avval ya’ni 1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Mustaqillik yillarida bosh qomusimiz mustaqil davlatimiz qurilishida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda, demokratik jamiyatning asoslarini mustahkamlashda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsak bo‘ladi.
8-dekabr nafaqat tarixi muqaddas sana, balki har birimiz Bosh qomusimizga hurmat, qonunga itoat va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydigan bayramdir. Bosh qomusimizga sadoqatli bo‘lish, uning me’yorlariga amal qilish har bir fuqaroning faxrli vazifasidir.
Konstitutsiya faqat yuridik hujjat emas, balki xalqimiz xohish-irodasi, milliy qadriyatlarimiz va kelajak taraqqiyot strategiyasining mustahkam asosidir. U yosh avlodga erkin fikr, bilim va ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi, ishonchli kelajakka yetaklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy manbasi bo‘lib, unda inson huquqlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, davlat hokimiyati tarmoqlarining vazifalari hamda o‘zaro muvozanati aniq belgilab berilgan. Asosiy Qomusimiz har bir fuqaro uchun tenglik, adolat va qonuniy himoyani ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bir qancha masalalar aks etgan bo‘lib shundan yoshlarga oid masalalar va ularning huquqlari, kafolatlari, davlat tomonidan berilayotgan majburiyatlar ta’lim sohasidagi islohotlar va yoshlarga oid umumiy prinsiplar Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada yoshlar (jumladan bolalar va yoshlar) mustaqil fuqarolar sifatida e’tirof etilgan.
Davlat bola va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni, ularning jismoniy, ma’naviy va madaniy taraqqiyoti uchun sharoit yaratishni o‘z vazifasi deb bilgan.
So‘nggi yillarda Konstitutsiyamiz yanada takomillashtirilib, ya’ni 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinib yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va unga o‘zgartirishlar kiritilishi fuqarolar huquqlarini yana ham mustahkamlab qo‘yilgan. Yangilangan Konstitutsiyaning qoidalarida jamiyatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi zamonaviy talablarga javob beradigan va davlat tomonidan inson qadri ustuvorligiga qaratilgan siyosatni aks etgan.
So‘ngi yillarda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilayotganligi bejiz emas, buning yaqqol misolini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudlari va quyi sudlarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Sudlarga kelayotgan yoki ish o‘rganayotgan yosh xodimlarga sud raislar va sudyalar tomonidan sud tizimida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning o‘rni tushuntirib o‘tilmoqda.
Jumladan Konstitutsiyadagi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ular hayotini daxlsizligi ularning iqtisodiy, ijtimoiy ekologik huquqlari haqida tushuntirishlar berilib yoshlarni sud tizimini va Konstitutsiyani chuqurroq o‘rganishga hamda kelinchakda ularni yetuk kadr va komil inson bo‘lishga chorlamoqda.



