04 dekabr kuni 1 son davolash fakulteti 105-106 guruh talabalari bilan Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Sh.Niyozova tashkilotchiligida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Qomusimiz – faxrimiz” nomli bayram tadbiri o‘tkazdi.

Tadbirda talabalar tomonidan Konstitutsiya haqidagi qiziqarli doklad va she’rlar taqdim etildi. Shuningdek, Konstitutsiya mazmuniga mos iqtidorli talabalar tomonidan chizilgan suratlar namoyish etildi.  Tadbirda “Konstitutsiya bilimdoni” ruknida viktorina o‘tkazildi va g‘olib talabalarga kichik esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda 105 guruh talabalaridan Bozorova M., Tursunboyeva R., Mamarahimova M., Sharifov A., Ulug‘berdiyeva L., Baxriddinova S., Usanov G‘. va  106 guruh talabasi  Abdulhayev T.lar faol bo‘lishdi.

 

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.