Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Sh.Niyozova 16 noyabr kuni 102-103 guruh talabalari bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkillashtirdi. Muzeyda talabalar xalqimiz tarixiga boy eksponatlar bilan tanishdi. Dastlab kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi – Ibtidoiy jamoa tuzumiga xos eksponatlar tushuntirildi, undan keyin O‘zbekistonning davlatchilik tarixiga xos ko‘rgazma va eksponatlar haqida gapirib benrildi. Muzeyda Kushonlar saltanati, A.Temur va Temuriylar davriga xos noyob eksponatlar, ularning xalqimiz taraqqiyotida tutgan o‘rniga to‘xtaldi. Davlatchilik tarizxiga xos bo‘limlarda yurtimizga arablar va mo‘g‘ullar istiloasiga oid manbalar ham bor.
Keyingi bo‘limlar Chor Rossiyasi bosiqini, O‘zbekistonda mustabid tuzumning o‘rnatilishi, qatag‘onliklar va paxta yakkahokimligi davri ma’lumotlariga doir eksponatlar joy olgan. Eksponatlar mustaqillik davri taraqqiyotiga ulanib ketgan. Har bir bo‘limda zamondosh rasssomlar tomonidan tarixiy davrlarga xos polotnalar o‘rin olgan. Muzey talabalarda katta taassurot qoldirdi. Tashrifda guruhlar tьyutori Zafar Zokirov va Nargiza Qo‘chqorovalar ham hamrohlik qilishdi. Talabalar yana shunday ekskursiyalar tashkil qilish lozimligini bildirishdi.