Tadbir davomida universitet xodimlari va talabalari o‘rtasida Sohibqiron Amir Temurning boy merosi, davlat boshqaruvi va hayot yo‘liga oid savol-javoblar tashkil etildi. Eng e’tiborlisi, bilim va zakovatini namoyon etgan ishtirokchilar uchun munosib rag‘bat sifatida bebaho asar — “Temur tuzuklari” kitobi tuhfa etildi.
🔺Jami 100 dona kitob o‘z egalariga tantanali tarzda topshirilib, bu jarayon ishtirokchilarda katta quvonch va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Har bir hadya etilgan kitob nafaqat sovg‘a, balki buyuk ajdodimizning bebaho hikmatlari, davlatparvarlik g‘oyalari va hayot saboqlarini o‘zida mujassam etgan ma’naviy xazina sifatida qadrlandi.
🔺Mazkur tashabbus orqali yoshlar qalbida milliy merosimizga hurmat, tariximizga qiziqish va ajdodlarimizga munosib bo‘lish tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.














