2026-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamda normal-fiziologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar oʻrtasida futbol sport oʻyini boʻlib oʻtdi.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tashkil etilgan futbol uchrashuvi ko‘tarinki ruhda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tkazildi.
Ushbu o‘yin g‘alaba yoki sovrin uchun emas, balki o‘zaro hurmat, jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Maydonda haqiqiy sport ruhiyati, ahillik va quvnoq kayfiyat hukm surdi.
🤝 Talabalar va ustozlar bir jamoa bo‘lib, o‘zaro yaqinlashish, samimiy muloqot qilish va sport orqali yanada mustahkam aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar.







