2026-yil 3-aprel kuni Toshkent tibbiyot universitetida Xalqaro fakultet Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari, 2-son Davolash fakulteti 1-kurs talabalari hamda tarbiyachi pedagog ishtirokida “Tibbiyot oliy o‘quv yurti talaba yoshlari – zararli odatlar va illatlarga qarshi” mavzusida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.
🔺Mazkur tadbirda talaba yoshlarga zararli odatlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
🔺Shuningdek, yoshlarni turli illatlardan asrash, ularning ongida sog‘lom hayotga intilish g‘oyalarini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.







