Toshkent tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari universitetda tashkil etilgan “Talabalar bahori” festivali hamda an’anaviy sumalak saylida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirlar milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samimiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi. Festival doirasida turli madaniy chiqishlar, ijodiy ko‘rgazmalar va milliy an’analarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ayniqsa, sumalak sayli jarayonida milliy taomlar tayyorlash an’analari, xalqona udumlar va jamoaviy hamkorlik muhiti tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ushbu bayramona tadbirlar universitet hayotida muhim ijtimoiy-madaniy voqea sifatida e’tirof etildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.