1. 
2. Alamim bor nomli maqolasni taxlil qilish va talablarga targ‘ib etish
Albatta, 
«Afsonalar o‘z-o‘zlaricha yashamaydilar. Ular o‘zlariga bizning hayot va qon ato qilishimizni kutishadi. Dunyoda hech bo‘lmasa, bir odam ularning chaqirig‘iga javob bersa bas, afsonalar bizni bitmas-tuganmas obihayot bilan sug‘orishga shay. Bizning vazifamiz – ularni unutmaslik. Shunday qilishimiz kerakki, hech bir afsona o‘lim uyqusiga tolmasin», degan edi Alber Kamyu bir zamonlar.
O‘kinchning boisi, garchi aynan bo‘lmasa-da, farang adibi aytayotgan fikrga juda yaqin. Zotan, biz ham uzoq yillar afsonaviy tariximiz, madaniyatimiz, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutdik. Dunyoning cheti, uchinchi darajali bir davlat, xalq deb qarashlariga ko‘nikdik. Va eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga singgan suvday “yo‘qolib” qoldi… “O‘zbek”, “O‘zbekiston” so‘zlari haqiqiy mazmunidan chekinib, dunyo xaritasida qaysidir makonni topishda murojaat qilinadigan jug‘rofiy nuqta darajasiga tushdi. Mamlakatimiz nomidagi ot yasovchi “iston” qo‘shimchasi boshqa turdosh “iston”lar aro adashib, jo‘rttaga, baʼzan esa mutoyiba tarzida zikr etiladigan bo‘ldi…
Mushohadamizga jiddiy tus beradigan bo‘lsak, xorijlik mashhur bir siyosatshunosning taassuf bilan aytgan ushbu gapi ayni o‘ringa mos tushadi: «…umuman olganda, bugun xorijda ko‘pchilik odamlar Ibn Sino va Al-Beruniylar yurtini pisand qilmay, bu yerga boshqa biror manzilga borish uchun kesib o‘tish kerak bo‘lgan notinch hudud sifatida qaraydilar». Ha, bu borada u haq edi. Biz uning taʼrifidan xafa bo‘lishimiz kerakmaski, asl vaziyat ham shundan ortiq emasdi.
Holbuki, o‘sha siyosatchi ishora qilganidek, bizning vatanimiz intellektual va madaniy meros, siyosiy-harbiy anʼanalar jihatidan yuqorida aytganimiz boshqa “iston”lar aro “adashib” yurishga aslo “munosib” emas. Bundan ko‘rinadiki, tarixda o‘tgan buyuk qalbli har bir yetakchi qurish, yaratishga o‘z abadiyatining garovi sifatida qaragan. Ammo bular orasida ham o‘zidan o‘chmas iz qoldirganlari unchalik ko‘p bo‘lmagan. Maʼrifatga, sanʼatga, madaniyatga suyangan, shu ulug‘ daryolardan suv ichgan tashabbuslarning umrigina boqiy bo‘lgan. Buni biz o‘z tariximizdan birinchi va ikkinchi renessans yuzaga chiqqan zamonlar misolida aytib o‘tdik.
O’tkazilgan ilmiy seminarda TDTU Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri prof.S.D.Norqulov so’zga chiqib, bugungi seminarning yaxshi tayyorgarlik asosida oʼtkazilganligi, bunda barchaning mehnati borligi, alamim bor … maqolasini har bir o‘qituvchi va talabalar o‘qib chiqishi lozimligi taʼkidlandi


