Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, fahr va iftihor bag‘ishlaydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasida 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligini 33 yilligiga bag‘ishlangan аkademiyaning Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan «Davlat bayrog’i – mening faxrim va g’ururim » mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Tarix instituti dotsenti Azizov A.A. “Millat bayrog‘i” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 1-son Davolash 1-bosqich talabalari tomonidan tashkil qilingan tadbir kechasi bayrog‘imiz haqida sher va qo‘shiqlar jonli ijro etilib sovrinli viktorina o’tkazildi. Jumladan 108-guruh talabasi Yoqubjonov Mirodil tomonidan ijro etilgan “vatan” haqidagi jonli ijro etilgan qo‘shig‘i tomoshobinlar orasida o`zgacha ruh bag‘ishladi.th=»150″ height=»150″ class=»alignright size-thumbnail wp-image-1848″ />

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.