📅 18 aprel 2026 yil kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi “Stomatologiya” yo‘nalishi tinglovchilari bilan birgalikda muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🏛 Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Alimova Saboxat Gazievna boshchiligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida sayyor dars o‘tkazildi.

📚 Muzey 7 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular orqali tarixning murakkab va og‘ir davrlari yoritib berildi:
1️⃣ XIX asr o‘rtalari va oxirlari
2️⃣ 1920-yillardagi qatag‘onlar
3️⃣ “Quloqlashtirish” davri
4️⃣ 1930-yillardagi qatag‘onlar
5️⃣ 1940–1950-yillardagi qatag‘onlar
6️⃣ 1980-yillardagi qatag‘onlar
7️⃣ Mustaqillik yillarida xotirlash va e’zozlash

📜 Har bir bo‘limda tarixiy hujjatlar, maxfiy materiallar, fotosuratlar va nodir eksponatlar namoyish etildi.

🎓 Dars jarayonida tinglovchilarga qatag‘on qurbonlariga oid hujjatlar va shaxsiy buyumlar asosida chuqur ma’lumotlar berildi.

✨ Ushbu sayyor dars yosh avlod qalbida tarixga hurmat va xotiraga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.