📅 2026-yil 21-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida bahorning iliq nafasi, tabiatning uyg‘onishi va yoshlikning jo‘shqin ruhini o‘zida mujassam etgan “Bahor nafasi” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.
📸 Universitet Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazma talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etdi. 10-o‘quv binosi kirish qismida joylashgan ekspozitsiyada bahorning betakror manzaralari — yashil dalalar, rang-barang gullar va musaffo osmon aks etgan suratlar keng e’tibor qozondi.
🏆 Eng sara ijodiy ishlar mualliflari rag‘batlantiriladi. Bu esa yoshlarni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi va ularning estetik didini rivojlantiradi.
✨ Mazkur tadbir talabalarning nafaqat bilimli, balki nozik didli va ijodkor shaxs ekanliklarini yana bir bor namoyon etdi.
















