📅 Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida
🎉 buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
🔷 Mazkur tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida o‘tkazildi.
🌱 Davra suhbatida
📖 “Amir Temur boshqaruvi davrida tabiatga munosabat, ekologik madaniyatning tarixiy ildizlari” mavzusida atroflicha fikr yuritildi.
👥 Tadbir davomida yoshlarga:
✨ Amir Temur davlatchiligi tarixi
🏛 Boshqaruv tizimi va tuzilmasi
📚 Madaniy-ma’rifiy hayot
🌍 Tabiatga ehtiyotkorona munosabat
tarixiy faktlar asosida tushuntirib berildi.
🌟 Tadbir yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish va tarixiy merosga hurmatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.








