🔺02-mart 2026-yil Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5-son talabalar turar joyida Xalqaro fakultet Ijtimoiy fanlar kafedrasi xodimlari TTJning pedagog tarbiyachisi bilan hamkorlikda «Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi. 🔺Tadbirda talabalarga giyohvandlik — XXI asrning eng xavfli va halokatli muammolaridan biri ekanligi, u millionlab insonlarning hayotini barbod qilayotganligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. 🔺Hozirgi kunda, ayniqsa, giyohvandlikning yoshlar orasida keng tarqalib borayotganligi uning xavfi yanada oshib borayotganidan dalolat beradi. Bu esa oʻsmirlar tomonidan turli xil jinoyatlarning sodir etilishiga va yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda avj olishiga olib kelmoqda. 🔺Yosh avlodning kelajagiga, taqdiriga befarq qarash davlatning va millatning kelajagiga putur yetkazish demakdir. Shu sababli soʻngi yillarda yoshlar orasida giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga boʻlayotgan talabning tobora ortib borayotganligi hech kimni befarq qoldirmyotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.