✅ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida
“Men o‘qiyotgan kitob” chellenji tashkil etildi.
📖 Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va ishonchli maslahatchisi, tafakkur charog‘i hamda bebaho bilim manbaidir. Shu bois xalqimiz kitobni doimo aziz va muqaddas qadriyat sifatida e’zozlab kelgan.
📚 Asrlar davomida:
-
donishmandlar o‘gitlarida,
-
yozma manbalarda,
-
xalq og‘zaki ijodi namunalarida
kitob va mutolaaning ahamiyati keng targ‘ib etib kelinadi.
📌 Xususan, xalqimiz tomonidan yaratilgan maqollar, hikmatlar, aforizmlar ham kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini yaqqol ifodalaydi.
📜 Jumladan, Abdurahmon Jomiyning quyidagi hikmatli misralari buning yorqin dalilidir:
Bilimdonlar so‘zi bordur bu bobda:
“Bilimdon go‘rda-yu, ilmi kitobda!”
Agar yolg‘iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdur.













