📅 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 29-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda:

  • Davolash ishi yo‘nalishi 204–205, 115–116-guruh talabalari

  • Stomatologiya yo‘nalishi 101–102-guruh talabalari

ishtirokida Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ga ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

🔎 Tashrif davomida talabalar markazda saqlanayotgan boy madaniy-ma’naviy meros bilan yaqindan tanishdilar hamda islom sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

📚 Ayniqsa:

  • buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi,

  • ularning asarlari va ilmiy merosi

talabalarda katta qiziqish va chuqur taassurot uyg‘otdi.

🌱 Bunday “Sayyor dars”lar yoshlarning:

  • dunyoqarashini kengaytirish,

  • ma’naviy barkamolligini yuksaltirish,

  • vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash,

  • tarixiy ongini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.