✍️ 2026-yil 23-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida
🎓 1-son Davolash ishi yo‘nalishi (217, 218, 413, 414, 421-guruhlar),
🎓 2-son Davolash ishi yo‘nalishi (104–105-guruhlar),
🎓 Menejment yo‘nalishi (201, 405-guruhlar)
bilan birgalikda 🏛️ O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.
📚 Ushbu markaz yurtimizning boy tarixiy, ilmiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan muhim maskan bo‘lib, tashrif ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.
📜 Noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar talabalarda ajdodlarimiz merosiga nisbatan qiziqishni yanada oshirdi.
🕌 Ayniqsa, Muqaddas Qur’on zalidagi interaktiv namoyishlar, multimedia vositalari va qadimiy Qur’on nusxalari 📖 talabalarda unutilmas taassurot qoldirdi.
⭐ Mo‘tabar Usmon Mus’hafini ko‘rish esa tashrifning eng muhim lahzalaridan biri bo‘ldi.
🔷 Mazkur tashrif davomida talabalar milliy qadriyatlarimiz, diniy-ma’rifiy merosimiz hamda buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.







