“Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”.
Bu asosli e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni taqdim etilgan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida yangradi.
Shu munosabat bilan TDTUning ijtimoiy fanlar kfedrasi 05.02.2025 yil sanasida “Fikrlar marafoni” tashkil etdi talabalar o’rtasida.
- “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish.
- Talabalar oʻrtasida fikrlar marafonini tashkil etish va takliflarni muhokama qilish.
- Bildirilgan taklif va tashabbuslarni umumlashtirish.
Eshitildi: prof S.D. Norqulov, prof. . Norqulov D, kat.o‘qit. Utayev G‘.G‘., Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan “Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berdi. Jumladan, mahallaning jamiyatdagi oʻrni, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, taʼlim, bandlik, tadbirkorlik va maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi islohotlar alohida taʼkidlandi.
Fikrlar marafoni davomida talabalar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz fikr va takliflarini bildirdilar:
- Mahallalarda yoshlar bandligini taʼminlash va kasb-hunarga yoʻnaltirish;
- Talabalar ishtirokida ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyatini kengaytirish;
- Mahalla va taʼlim muassasalari hamkorligini kuchaytirish;
- Raqamli texnologiyalar orqali mahalla faoliyatini rivojlantirish;
- Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali yoshlar tarbiyasini mustahkamlash.
- Talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar faol muhokama qilindi va amaliy ahamiyatga ega takliflar alohida qayd etildi.
Qaror qilindi.
Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va gʻoyalarni umumlashtirib, tegishli tashkilot va rahbariyatga taqdim etish.
Mahalla bilan hamkorlikda talabalar ishtirokida ijtimoiy va maʼnaviy loyihalarni amalga oshirish.
“Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” doirasida talabalarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ularning faolligini oshirish.




