31.03.2023 kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot va OMH fakulteti tyuterlari tomonidan Referendum 2023 “Mening tanlovim” mavzusida suxbat bo‘lib o‘tdi. Suxbatni “Ijtimoiy fanlar” kfedrasi dotsenti Alimova Saboxat Gazievna tomonidan o‘tkazildi. Suxbat O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi taxrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risida qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirdi. Unga ko‘ra 30-aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtiriliganini aytdi. Ushbu loyiha xalqimiz tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan hujjat bo‘lgani qayd etilganligi aytib o‘tildi
Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi. Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilanmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab nodavlat oliy o‘quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oliy o‘quv yurtiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.
Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilishi va ular faoliyati kafolatlarining belgilanishi jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga professor-o‘qituvchilar tomonidan javob berishdi.