Янгиликлар – Ijtimoiy fanlar kafedrasi http://socsci.nursing.tma.uz/uz Toshkent tibbiyot akademiyasi Sat, 27 Apr 2024 09:28:01 +0000 uz-UZ hourly 1 https://wordpress.org/?v=6.7 http://socsci.nursing.tma.uz/wp-content/uploads/2021/08/cropped-tma-new-logo-32x32.png Янгиликлар – Ijtimoiy fanlar kafedrasi http://socsci.nursing.tma.uz/uz 32 32 TTA muzeyida 19.04.24 Sanada Davolash 2 104 va 114 guruhlarni Dars jarayonlaridan ajralmagan holda Õzbekiston eng yangi tarixi darslarida ekskursiyaviy dars tashkil etildi Ijtimoiy fanlar kafedrasi õqituvchilari Iskandarov.Sh, Rõziyev.N, Maxmudov.L http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1819 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1819#respond Sat, 27 Apr 2024 09:28:01 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1819 Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Muzeyidagi ochiq darslar

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1819/feed 0
TTA DAVOLASh FAKULTETI 203-GURUH TALABALARINING XAST IMOM MAChITIGA TAShRIFI http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1791 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1791#respond Fri, 16 Feb 2024 07:26:26 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1791 TTA 2-davolash fakulteti 203-guruh talabalari Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Atamuratova F.S. bilan birgalikda Xast Imom machitiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif jarayonida talabalar “Xast Imom”machiti xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan 1950 yildan boshlab «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ishlari», 1960 yillardan boshlab esa «O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» nomli ilmiy maqolalar to‘plami chop etila boshlandi. Ushbu to‘plamlardagi maqolalarda o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, muzeyshunoslik va uning muammolari o‘z aksini topdi.
Machitdagi arxeologiya fondida qazishmalar paytida turli yodgorliklardan topilgan devoriy tasvirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa jihozlar saqlanadi.
Muzey zaxiralarida numizmatikaga oid noyob kolleksiyalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ashyoviy dalil-manba sifatida katta ahamiyatga egadir. Ular orasida eng qadimgi davrlardan hozirga qadar zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar, hukmdorlar muhrlari to‘plangan. Mavjud to‘plamlarning ilmiy tahlili sifatida S.Eshonxonovning «Numizmatika kolleksiyalari», A.Xairovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyidagi muhr va shtamplar kolleksiyasi», V.M.Massonning «Muzeydagi qadimgi so‘g‘d tangalari», G.A.Pugachenkovaning «Muzey kolleksiyasidagi uchta Ahmoniylar tamg‘asi», S.Eshonxonovning «Qo‘qon tangalari katalogi», G‘.Olimovning «Somoniylar va Qoraxoniylar davri tangalari haqida», I.To‘xtaevning «Sharqiy Turkiston tangalari», A.Musakaevaning «G‘arbiy So‘g‘ddagi pul muomalasi (mil. av. IV – m. IV asr)» kabi ilmiy asarlari O‘rta Osiyoda ilk tangalarning zarb qilinishidan boshlab, pul muomalasining rivojlanishi hamda uning tarixiy taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzey faoliyatiga nisbatan yangicha munosabat shakllandi. 1992 yili davlat muzeyi maqomi berilib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi deb atalishi uning tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi. Muzey ilmiy xodimlari, yetakchi olimlar, san’at va madaniyat arboblarining mehnati samarasi natijasida muzeyning yangi ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ekspozitsiyalar tubdan o‘zgartirilib, tarixan aniq, ishonchli-hujjatli va badiiy-ifodali qilib tuzildi. Muzeyda O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya yaratilib, muzey o‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyish etadigan ilmiy maskanga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasining xususiyatlari, eksponatlarga boyligi, ularni eng zamonaviy talablar darajasida namoyish etishi bilan jahonning eng mashhur muzeylari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin. 1876 yildan to bugungi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qilish bilan bir qatorda, mustaqillik davrida yangi tashkil etilgan muzeyning faoliyatini o‘rganish joiz deb topildi. Keyingi qismda Temuriylar tarixi davlat muzeyi mustaqillik bunyodkorligi timsoli sifatida o‘rganiladi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1791/feed 0
TTA TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETI 206-GURUH TALABALARINING XAST IMOM MAJMUASIGA TASHRIFI http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1780 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1780#respond Fri, 16 Feb 2024 07:24:03 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1780 TTA tibbiy profilaktika fakulteti 206-guruh talabalari ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘kituvchisi Umarova F..A. bilan birgalikda XAST IMOM majmuasiga tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif jarayonida talabalar “Xast Imom”machiti xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Hazrati Imom (xalq orasida Xast imom nomi bilan mashhur) – Toshkentning eng asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Majmua Toshkent imomi, olim, Qur’on va hadis bilimdoni, Toshkentda islomning ilk targ‘ibotchilaridan biri, shoir va hunarmand Hazrati Imom (uning to‘liq ismi Abu Bakir ibn Ismoil Al-Qaffol Ash-Shoshiy) qabri atrofida bunyod etilgan.Machitdagi arxeologiya fondida qazishmalar paytida turli yodgorliklardan topilgan devoriy tasvirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa jihozlar saqlanadi.
Masjidning gumbaz va peshtoqlariga Furqat Mansurov boshchiligidagi sopol tajriba kombinati mohir musavvirlari, Abduvohid Mamajonov, Arslon Normatov, Yunus Mavlonov, Dilorom Muhammadjonova, Zulfiya Ismatova, Viktor Gan, Viktor Xolodnikov, Sergey Ivanov kabi musavvir-koshinpazlar va kimyo fanlari nomzodi, tadbirkor Maxsuma Mas’udova, usta kulol Abdubosit Mamajonov xamda shahrisabzlik usta Bozorboy Botirov boshchiligidagi koshin teruvchilar bezak berishdi.
Ana shu peshtoqlar ostida o‘ng va chap tomondan masjid qanotlariga, o‘rtadan esa jome hovlisiga kiradigan qo‘shtabaqa o‘ymakor yog‘och darvozalar o‘rnatildi.
Masjidda bir paytda ayvoni bilan qo‘shib hisoblansa, besh mingdan ortiq kishi namoz o‘qiy oladi. Xonaqohning uzunligi 77 metr, eni esa 22 metr, mehrobi bilan qo‘shib hisoblansa 24 metr keladi. Qanotlari bo‘yiga 35, eniga 25 metr.
Eski Jo‘va bozori, Chorsu maydoniga yaqinlashganingizdayoq shaharning shimoliy tarafida osmonga bo‘y cho‘zgan ikki minoraga ko‘zingiz tushadi. Bular «Hazrati Imom» jome masjidi minoralari. Ularning balandligi 52 metr. O‘ng minorani xorazmlik Ibrohim va Erkin usta, chap minorani esa samarqandlik Sharif usta jamoalari tiklashdi. Majmuadagi yozuvlarni Shayx Abdulaziz Mansur tahriri ostida Habibulloh Solih, Islombek Muhammad va Abdulg‘ofur Xaqberdi kabi mohir xattotlar bitganlar.
Xazrati Imom majmuasiga O‘zbekiston musulmonlari Diniy boshqarmasi binosi ham kiradi. Undan sal narida XIX asrda ko‘hna poydevor ustiga qurilgan va bir necha bor qayta ta’mirlangan Juma-Masjid joylashgan. Unda juma namozlaridan tashqari nikoh marosimlari ham o‘tkaziladi. Uning qarshisida o‘ttiz mingdan ortiq diniy va dunyoviy kitoblarga ega Diniy boshqarma kutubxonasi joylashgan. Ularning orasida Diniy boshqarmaga chet el islom mamlakatlari rahbarlari tomonidan hadya etilgan ikki mingta nodir kitoblar, shu jumladan juda chiroyli rasmlar bilan boy tarzda bezatilgan XVI asr boshlari qo‘lyozmalari, xattotlikning noyob namunalari, Qur’onning boy bezatilgan nashrlari bor. Kutubxonaning alohida xonasida musulmonlar ko‘rishi uchun qo‘yilgan Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni alohida qimmatga ega.
Hazrati Imom maydonini yirik, bizning zamonamizda o‘rtaosiyo me’morchiligining eng yaxshi an’analaridan foydalanib qurilgan, moviy gumbazlari yarqirab turgan Jome juma masjidi tugatadi. Masjidga Qorasaroy tarafdan kirishni har biri 56 metrli ikkita minora o‘rab turadi.
Hazrati Imom kompleksi 1000 yillardan ortiq O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolmoqda.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1780/feed 0
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot va OMH fakulteti talabalari bilan Referendum 2023 “Mening tanlovim” mavzusida o‘tkazilgan tadbir http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1772 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1772#respond Fri, 16 Feb 2024 07:21:49 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1772 31.03.2023 kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot va OMH fakulteti tyuterlari tomonidan Referendum 2023 “Mening tanlovim” mavzusida suxbat bo‘lib o‘tdi. Suxbatni “Ijtimoiy fanlar” kfedrasi dotsenti Alimova Saboxat Gazievna tomonidan o‘tkazildi. Suxbat O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi taxrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risida qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirdi. Unga ko‘ra 30-aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtiriliganini aytdi. Ushbu loyiha xalqimiz tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan hujjat bo‘lgani qayd etilganligi aytib o‘tildi
Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi. Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilanmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab nodavlat oliy o‘quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oliy o‘quv yurtiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.

Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilishi va ular faoliyati kafolatlarining belgilanishi jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin hozirlaydi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga professor-o‘qituvchilar tomonidan javob berishdi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1772/feed 0
101 группы медико- биологического факультета ТМА о посещении Государственный музей А.Темура и темуридов http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1764 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1764#respond Fri, 16 Feb 2024 07:18:54 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1764 5 декабря 2023 года 101 группа с преподавателеь посетила Государственный музей А.Темура и темуридов. Государственный музей Амира Темура и темуридов – один из старейших музеев в Средней Азии. В экспозицию музея вошло около 250 тысяч экспонатов, в том числе около 60 тысяч археологических, свыше 80 тысяч нумизматических и 16 тысяч этнографических предметов, отражающих узбекскую историю с первобытного времени и до сегодняшнего дня.
В здании музея – 2 этажа. На первом находится выставочная галерея, где периодически проходят современные выставки на различную тему. На втором собранные образцы повествуют историю Узбекистана с древнейших времен до эпохи Темуридов. Здесь студенты осмотрели первые орудия труда, зеркала, ювелирные украшения, домашнюю утварь, возраст которых насчитывает тысячи лет, а также экспонаты эпохи средневековья в Средней Азии, свидетельствующие о расцвете науки, поэзии, торговли в то время.
Большую ценность представляют нумизматические коллекции музея. В них собраны монеты, чеканившиеся с V в. до н.э. до XIX в. В коллекции представлены Ахеменидов, Александра Македонского, Селевкидов, Греко-Бактрийских царей, Кушан, Хорезма, Согда, Чача. Кроме того, в коллекции собраны монеты средневековых династий: Тахиридов, Саманидов, Караханидов, Чингизидов, Темуридов и др.
Студенты с большим интересом осмотрели экспонаты, задавали вопросы гиду и остались очень довольными посещением.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1764/feed 0
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Sh.Niyozova tomonidan tashkil qilingan “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikning demokratik printsiplari” mavzusidagi o‘quv-ma’rifiy seminar http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1750 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1750#respond Fri, 16 Feb 2024 07:16:56 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1750 22 dekabrь kuni 1 son davolash fakulьteti 101 guruh talabalari bilan “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikning demokratik printsiplari” mavzusida o‘quv-ma’rifiy seminar o‘tkazildi. O‘quv-ma’rifiy seminarda talabalar mavzu doirasida o‘zlari tayyorlab kelgan ma’ruzalarini o‘qishdi, ko‘rgazmali chiqishlar qilishdi. Seminar reglamentida foto suratlar chizishdi va o‘zaro fikr almashishdi.

Millatarototuvlik va dinlararo bag‘rikenglik tushunchasining mazmun mohiyati tarixiy va zamonaviy aspektida ochib berildi. Xuddi shunday mazmundagi o‘quv-ma’rifiy seminar 23 dekabrь kuni 101 guruh pediatriya yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazildi. Seminar davomida barcha talabalar faol ishtirok etishdi. Seminar qiziqarli o‘tkazildi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1750/feed 0
«Yangi O’zbekiston», «Inson qadri» uchun tamoyillari yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga ochiq hamkorlik darslari tashkil etildi http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1745 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1745#respond Fri, 16 Feb 2024 07:14:29 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1745 Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, «Yangi O’zbekiston», «Inson qadri» uchun tamoyillari yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga

Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yi cha dekan muovini N.X.Abdurahmonova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori D.T.Norqulov, kafedra dosenti Atamuratova F.S. katta oqituvchi Umarova F.S. va Oqituvchi Gulyamova A.N. tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1745/feed 0
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabi bilan hamkorlikdagi faoliyat http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1734 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1734#respond Fri, 16 Feb 2024 07:12:00 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1734 Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, «Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash», «Uchinchi Renessans» Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasi yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga

Ijtimoiy fanlar kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari, kafedra mudiri Norqulov S.D., professorlar; Abilov U.M. va Norqulov D.T., dotsentlar; Alimova S.G. Atamuratova F.S. Niyozova N.Sh. Iskandarov Sh.A., katta o‘qituvchilar; Sultonova X.T., t.f.n.Umarova F.S., Abduraxmanova N.X., Utayev G.G., oʻqituvchilar; Maxmudov L.Yu., Roʻziev B.U., Roʻziev N.I., Gʻulomova A.N. lar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1734/feed 0
TTA FARMASEVTIKA YUNALISHI 102-GURUH TALABALARINING O‘ZBEKISTON XALQLARI TARIXI MUZEYIGA TAShRIFI B A Yo N N O M A S I http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1722 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1722#respond Fri, 16 Feb 2024 07:06:51 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1722 Ushbu tashrif jarayonida talabalar tarix muzeyi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan 1950 yildan boshlab «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ishlari», 1960 yillardan boshlab esa «O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» nomli ilmiy maqolalar to‘plami chop etila boshlandi. Ushbu to‘plamlardagi maqolalarda o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, muzeyshunoslik va uning muammolari o‘z aksini topdi.
Muzeydagi arxeologiya fondida qazishmalar paytida turli yodgorliklardan topilgan devoriy tasvirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa jihozlar saqlanadi.
Muzey zaxiralarida numizmatikaga oid noyob kolleksiyalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ashyoviy dalil-manba sifatida katta ahamiyatga egadir. Ular orasida eng qadimgi davrlardan hozirga qadar zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar, hukmdorlar muhrlari to‘plangan. Mavjud to‘plamlarning ilmiy tahlili sifatida S.Eshonxonovning «Numizmatika kolleksiyalari», A.Xairovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyidagi muhr va shtamplar kolleksiyasi», V.M.Massonning «Muzeydagi qadimgi so‘g‘d tangalari», G.A.Pugachenkovaning «Muzey kolleksiyasidagi uchta Ahmoniylar tamg‘asi», S.Eshonxonovning «Qo‘qon tangalari katalogi», G‘.Olimovning «Somoniylar va Qoraxoniylar davri tangalari haqida», I.To‘xtaevning «Sharqiy Turkiston tangalari», A.Musakaevaning «G‘arbiy So‘g‘ddagi pul muomalasi (mil. av. IV – m. IV asr)» kabi ilmiy asarlari O‘rta Osiyoda ilk tangalarning zarb qilinishidan boshlab, pul muomalasining rivojlanishi hamda uning tarixiy taraqqiyotidagi o‘rnini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzey faoliyatiga nisbatan yangicha munosabat shakllandi. 1992 yili davlat muzeyi maqomi berilib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi deb atalishi uning tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi. Muzey ilmiy xodimlari, yetakchi olimlar, san’at va madaniyat arboblarining mehnati samarasi natijasida muzeyning yangi ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ekspozitsiyalar tubdan o‘zgartirilib, tarixan aniq, ishonchli-hujjatli va badiiy-ifodali qilib tuzildi. Muzeyda O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya yaratilib, muzey o‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyish etadigan ilmiy maskanga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasining xususiyatlari, eksponatlarga boyligi, ularni eng zamonaviy talablar darajasida namoyish etishi bilan jahonning eng mashhur muzeylari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin. 1876 yildan to bugungi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qilish bilan bir qatorda, mustaqillik davrida yangi tashkil etilgan muzeyning faoliyatini o‘rganish joiz deb topildi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1722/feed 0
“O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi”ga tashrifi http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1714 http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1714#respond Fri, 16 Feb 2024 07:03:10 +0000 https://socsci.nursing.tma.uz/?p=1714 Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Sh.Niyozova 16 noyabr kuni 102-103 guruh talabalari bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkillashtirdi. Muzeyda talabalar xalqimiz tarixiga boy eksponatlar bilan tanishdi. Dastlab kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi – Ibtidoiy jamoa tuzumiga xos eksponatlar tushuntirildi, undan keyin O‘zbekistonning davlatchilik tarixiga xos ko‘rgazma va eksponatlar haqida gapirib benrildi. Muzeyda Kushonlar saltanati, A.Temur va Temuriylar davriga xos noyob eksponatlar, ularning xalqimiz taraqqiyotida tutgan o‘rniga to‘xtaldi. Davlatchilik tarizxiga xos bo‘limlarda yurtimizga arablar va mo‘g‘ullar istiloasiga oid manbalar ham bor.
Keyingi bo‘limlar Chor Rossiyasi bosiqini, O‘zbekistonda mustabid tuzumning o‘rnatilishi, qatag‘onliklar va paxta yakkahokimligi davri ma’lumotlariga doir eksponatlar joy olgan. Eksponatlar mustaqillik davri taraqqiyotiga ulanib ketgan. Har bir bo‘limda zamondosh rasssomlar tomonidan tarixiy davrlarga xos polotnalar o‘rin olgan. Muzey talabalarda katta taassurot qoldirdi. Tashrifda guruhlar tьyutori Zafar Zokirov va Nargiza Qo‘chqorovalar ham hamrohlik qilishdi. Talabalar yana shunday ekskursiyalar tashkil qilish lozimligini bildirishdi.

]]>
http://socsci.nursing.tma.uz/uz/article/1714/feed 0